Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank bayram va dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini ma’lum qildi
Bayram va dam olish kunlari ayrim banklarning valuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari ishlaydi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar uch kun — 10 apreldan 12 aprelgacha dam oladi. Shu kunlarda quyidagi banklarning valuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi:
- “Ipak yo‘li bank”;
- “Milliy bank”;
- “Biznesni rivojlantirish banki”;
- “Agrobank”;
- “Hamkorbank”;
- “Trastbank”;
- “Turonbank”;
- “Aloqabank”;
- “Sanoatqurilishbank”;
- “Xalq banki”;
- “Asakabank”;
- “Infinbank”;
- “Ipoteka bank”;
- “Garant bank”;
- “Mkbank”;
- ”Poytaxtbank”;
- “Asia Alliance bank”;
- “Octobank”;
- “Universalbank”;
- “Orient Finans Bank”;
- “Hayotbank”;
- “Tengebank”;
- “Davrbank”;
- “Anorbank”.
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026