Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» prezidenti Ispaniyada. U biryo‘la 3 jamoa bilan muzokara o‘tkazadi
«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi ayni vaqtda Madridda bo‘lib turibdi. AS ma'lumotiga ko‘ra, u Ispaniyaga birinchi navbatda Neymarning «Barselona»dan transferi bo‘yicha ishni yopish maqsadida kelgan. Ayni vaqtda katalonlar klubi Fransiyaga braziliyalik futbolchining transfer sertifikatini yubormay turibdi, bunga 222 mln yevro hali to‘lanmagani sabab.
Bundan tashqari, Al-Xelayfi «Atletiko»dan Yan Oblakni transfer qilish masalasida muzokara o‘tkazmoqchi. Ushbu darvozabonni parijliklar 100 million yevroga sotib olishi mumkin.
Ispaniya poytaxtida muhokama etiladigan yana bir masala esa «PSJ» himoyachisi Toma Menening «Real»ga transferi masalasidir. Ayni vaqtda fransuzlar klubida Dani Alves kelgach bu belgiyalik futbolchiga joy qolmadi. U Madridda yozgi transferlar vaqtida «Manchester Siti»ga transfer qilingan Danilo o‘rnini egallashi mumkin.
Mavzuga oid
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
11:42 / 26.02.2026
Yanukovichning sobiq maslahatchisi o‘ldirilishi: gumonlanuvchi GFRda ushlandi
09:30 / 19.01.2026
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
20:42 / 03.06.2025