Ispaniya Milliy politsiyasi 2025 yili Madrid yaqinida Viktor Yanukoviçning prezident ma’muriyati rahbari örinbosari sobiq maslahatçisi Andrey Portnovni öldirişda gumonlanuvçi Germaniya ğarbida qölga olinganini bildirdi. Ispaniya Milliy politsiyasi saytida çorşanba, 25 fevral kuni berilgan xabarga köra, uşlaş Madrid politsiya boşqarmasining qotilliklarni tergov qiliş bölimi xodimlari tomonidan Germaniya Federal jinoyat işlari idorasining (BKA) maxsus tezkor guruhi iştirokida Xaynsbergda, Niderlandiya çegarasi yaqinida amalga oşirilgan.

Bayonotda aytilişiça, hozirça tergov natijalari uşlangan şaxs Madrid atrofidagi Posuelo-de-Alarkon şaharçasida joylaşgan Amerika maktabi kiriş qismi oldida öq uzgan aynan öşa odam ekanini körsatmoqda. Şu ma’lumotga köra, gumonlanuvçining yaşaş joyida Yevropa orderi asosida tintuv ötkaziladi. Iş materiallari maxfiylaştirilgan, tergov davom etmoqda, deb qöşimça qildi ispan politsiyasi.

51 yoşli Andrey Portnov 2025 yil 21 may kuni Madrid atrofida Amerika maktabi yaqinida otib ketilgan. Ispaniya OAV ma’lumotlariga köra, hujumçi uni maktab yonida kutib turgan, bir neça marta öq uzgan va yaşiringan.

Portnov Luxansk viloyatida tuğilgan, 2006 yilda Ukraina Oliy radasiga xalq deputati etib saylangan. 2011–2014 yillar orasida u prezident Viktor Yanukoviçning maslahatçisi, şuningdek prezident ma’muriyati rahbarining örinbosari bölgan. 2014 yil fevral oyida Yanukoviç Ukrainadan qoçgan. 2015 yilda Portnov ham mamlakatni tark etgan, ammo 2019 yilda qaytib kelgan va saylovlarda kelajakda prezident böladigan Volodimir Zelenskiyni qöllab-quvvatlagan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan keyin Portnov yana Ukrainani tark etgan.

Ukrainada Portnov bir neçta jinoiy işlar böyiça figurant bölgan, jumladan Rossiyaning Qrimni qöşib olişiga göyo aloqadorligi uçun davlatga xiyonat moddasi böyiça ham, biroq u işlar yopilişiga erişgan. Şu bilan birga, Ukrainaga qaytganidan keyin Portnovning özi sobiq prezident Pyotr Poroşenkoga qarşi bir neçta jinoiy iş qözğatilişi taşabbuskori bölgan — ular orasida Poroşenko Minsk kelişuvlarini imzolaganidan kelib çiqib, uning tomonidan ehtimoliy davlatga xiyonat bölgani haqidagi iş ham bor.