Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda jangarilar o‘rtasida yuz bergan otishma sabab 10 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonda ikki jangarilar guruhi o‘rtasida yuz bergan otishma oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Jangarilarga turli dala qo‘mondonlari rahbarlik qiladi.
Bu haqda «Sinxua» agentligi mahalliy aholi va mintaqa hukumatiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, hodisa davomida taxminan 20 nafar inson yaralangan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar orasida tinch aholi vakillari bor, ular otishmaga tasodifan duch kelishgan.
Otishma Afg‘oniston shimolidagi Taxar viloyatida juma namozdan so‘ng masjidga kiraverishda yuz berdi.
Agentlik mojaroga aynan nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritmadi.
Avvalroq Afg‘onistonda IShID va «Tolibon» jangarilari birlashib, 50dan ortiq kishini qatl qilishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:26 / 05.05.2026
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026