Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada nogironlarga mo‘ljallangan Panasonic aravachalari sinovlari boshlandi
Tokioning Xaneda xalqaro aeroportida nogironlar uchun Panasonic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtopilotli aravachalar sinovlari boshlandi. 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlariga qadar Yaponiyadagi barcha aeroportlarni shunday aravachalar bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan. Test rejimi 2018 yilning bahoriga qadar davom etadi.
Mustaqil boshqariluvchi aravachalar mamlakatga samolyotda kelib-ketuvchi va jismoniy yordamga muhtoj mehmonlarga yordam beradi. Panasonic aravachasi yo‘lovchini registratsiya bo‘limiga keltiradi, keyin esa butun aeroport bo‘ylab harakatlanadi va u bilan samolyot kutadi. Sayyohni kerakli nuqtaga yetkazgan aravacha avtomatik ravishda keyingi yo‘lovchiga yordamga keladi.

Aravachani boshqarish uchun maxsus ilova yaratilgan, shu bois jismoniy imkoniyatlari cheklangan kishi Yaponiyaga Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurishidan oldin ushbu ilovani yuklab olishi va aravachaning dastur hamda funksiyalari bilan tanishishi mumkin.
Panasonic aravachasi mustaqil harakatlanishi uchun inshootlar xaritasini chizib, to‘siqlar va odamlarni chetlab o‘tishga yordam beradigan maxsus dasturiy ta'minotdan foydalanadi. Qurilma shuningdek ko‘plab datchiklar va sensorlar bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026