Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» Koutinoning iltimosini rad etdi
«Liverpul» rahbariyati Filippe Koutinoning o‘zini transferga qo‘yish haqidagi iltimosini rad qildi.
25 yoshli braziliyalik futbolchi bugun pochta orqali klub sport direktori Maykl Edvardsga shu boradagi iltimosi bayon etilgan so‘rov yo‘llagandi.
Ammo Goal nashrining Liverpuldagi muxbiri Melissa Reddining ma'lum qilishicha, Koutinoning iltimosi rad qilingan.
Bugun «Liverpul» Koutino bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmasligini e'lon qilgandi.
Mersisaydliklar klubi Koutino uchun «Barselona» tomonidan taklif qilingan 100 million yevroni qabul qilmagan.
Mavzuga oid
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022
«Qarorgohimizda jodugar bor». «Liverpul» inqirozining 3 ta sababi
23:13 / 30.07.2022