Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahrida kanalizatsiya tizimini ta'mirlash ishlari boshlanadi
Bugun, 11 avgust kuni Namangan viloyatida Xalqaro Press-Klubning navbatdagi sayyor anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Kun.uz maxsus muxbiri Namangan tumani Ne'matjon QFY hududida joylashgan kanalizatsiya masalasi aholini ko‘p yillardan beri qiynab kelayotgani, endilikda bu muammo ko‘ngilsiz voqealarga ham sababchi bo‘layotganini ta'kidlab o‘tdi. Muxbir viloyat hokimidan mana shu vaziyat yuzasidan izoh so‘rab murojaat qildi.
"Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chog‘ida ko‘p masalaga oydinlik kiritib oldik, masalan aynan Namangan shahar va uning atrofidagi hududlarda kanalizatsiya tizimini yaxshilash uchun 120 milliard so‘m ajratildi", - deydi Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.
"Bundan tashqari aholiga ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida 80 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shu yilning to‘rtinchi choragidan loyihani bajarishga kirishamiz", - deb qo‘shimcha qilgan hokim.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
16:40 / 16.05.2026