Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 1,5 kilogrammdan ortiq giyohvand moddasini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida giyohvandlik moddasini saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon IIB matbuot xizmati “Kun”ga ma'lum qildi.

2017 yil 9 avgust kuni soat 17:00 atrofida Andijon viloyati Andijon tumanida o‘tkazilayotgan «Tozalash-Antiterror» tadbiri davomida Yorboshi qishloq fuqarolar yig‘ini Sultonobod mahallasi hududida yo‘l chetida turgan fuqaro IIB xodimlarida shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng, ichki ishlar xodimlari uning oldiga borib shaxsiga oid hujjatlari so‘rashganida u qo‘lidagi polietilen paketni tashlab qochmoqchi bo‘lgan.
IIB hodimlari chaqqonlik bilan uni ushlab, shaxsiga aniqlik kiritishgan. U Izboskan tumani Poytug‘ shahrida yashovchi M.J. bo‘lib chiqdi va uning yonidagi polietilen paket ko‘zdan kechirilganida jami og‘irligi 1 kg 574,07 gr «marixuana» giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Ayni vaqtda IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026