Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonlik ziyoratchilar haj amalini bajarish uchun Madina shahriga uchib ketishdi (video)
Joriy yilning 7 avgust kunidan boshlab o‘zbekistonlik ziyoratchilarning muborak haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishlari boshlandi. Ularning safarlari uchun munosib shart-sharoitlar va qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, 12 avgustdan 13 avgustga o‘tar kechasi Andijon viloyatida ham ziyoratchilarni kuzatish uchun alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Kun.uz tahririyati mazkur tadbirda ishtirok etdi. Nuroniy otaxonlaru onaxonlar bilan suhbatlashildi.
- Avvalo Alloh taologa hamd-sanolarimiz bo‘lsin. Shukrlar bo‘lsinki, bugun Andijon viloyatidan 1005 nafar ziyoratchi muborak haj safariga ketishyapti, - dedi Andijon shahar bosh imom-xatibi Valijon Siddiqboyev. – Ko‘rib turganingizdek barcha ziyoratchilarning kayfiyati a'lo, ruhlarida ko‘tarinkilik bor. Hojilarimiz Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlardan juda minnatdor. Chunki har yili viloyatimizdan 650 nafarga yaqin ziyoratchi haj safariga yo‘l olishgan bo‘lsa, bu yilga kelib ularning adadi ko‘paydi – 1005 nafarga yetdi. Bu, albatta, barchalarimizni birdek quvontiradi.
Safarga otlanganlar Andijon xalqaro aeroportida jam bo‘lishdi. Ularga shirinliklar ulashildi. Ziyoratchilarning yukini tushirish va joylashtirish ishlarida bir guruh ko‘ngilli yoshlar ishtirok etishdi.
Ziyoratchilar bilan suhbatlashar ekanmiz, ularning dillaridagi shukronalik hissi tillariga ko‘chdi.
- Mana shunday muborak joylarga borayotganimdan juda xursandman, - dedi biz bilan suhbatda Turdixon aya Sultonova. – Sharoitlar juda yaxshi. Bizdek keksalarni ulug‘lab, mana shunday imkoniyatlar taqdim etgani uchun Prezidentimizdan minnatdorman. O‘sha yerga borib, ularning haqlariga ham, albatta, duoda bo‘lamiz.
- Xursandchiligimning cheki yo‘q, - dedi yana bir ziyoratchi Abdumalik ota Bo‘tayev. – 20 yil deganda navbatim keldi. O‘zim 15 yildan ziyod vaqt mobaynida avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonada ishlaganman. O‘g‘il-qizlarim, nevaralarim bor. Muqaddas joylarga borib, muborak haj amalini mukammal bajarib kelsak, bundan ortiq baxt yo‘q biz uchun.
Ziyoratchilar Andijon viloyatining barcha mutasaddilari ishtirokida Namangan viloyatiga kuzatildi. 13 avgust kuni soat 8-9lar oralig‘ida Madina shahriga uchib ketishdi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026