Fan-texnika | 20:36 / 14.08.2017
7812
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar ter va ko‘z yoshida ishlovchi qayishqoq batareyka yaratishdi

Xitoylik olimlar jamoasi sho‘r suyuqliklar, jumladan ter, ko‘z yoshi va siydikda ishlovchi qayishqoq batareyka yaratdi. Bu haqda Chem jurnalida so‘zlandi.

Hozirda implantatsiya qilinuvchi tibbiyot qurilmalarida qattiq litiy-ionli batareykalar ishlatiladi, mavjud qayishqoq batareykalar esa bemor xavfsizligiga xavf soluvchi alangalanuvchi yoki zaharli elektrolitlarga ega.  

Olimlar ikki turdagi batareykalarni yaratishdi: ulardan biri ichida elektrodlar joylashgan ko‘p qatlamli tasma, ikkinchisi chilvir ko‘rinishida o‘ralgan nanotrubkalar shaklida bajarilgan. Yangi batareykalar uchun elektrolit sifatida natriy sulfati xizmat qiladi, biroq olimlar u sho‘r suvda yoki tanadan chiquvchi sho‘r suyuqliklarda ham ishlay olishini ta'kidlashmoqda.

Olimlar yangi batareykalar taqib yuriluvchi yoki implantatsiya qilinuvchi qurilmalarga to‘g‘ri kelishiga umid qilmoqdalar.

Mavzuga oid