Armanistonlik ayolda ko‘z yoshi o‘rniga kristall hosil bo‘lmoqda (video)
Armanistonlik 22 yoshli Satenik Karazyanda ko‘z yoshi o‘rniga nima uchun kristall hosil bo‘layotgani aniqlana olinmayapti. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.
Ayolda bu alomat 2 oy avval paydo bo‘lgan. “Men stomatologga borgandim. Ko‘zimga chang tushgan bo‘lsa kerak deb o‘ylab, og‘riq sababli ko‘z shifokoriga uchraganman. U yerda esa ko‘zimdan bir nechta kristallchalar chiqarib olishdi. Hozir har kunim jahannamga aylangan”, deb aytgan ayol.
Ayol mahalliy oftalmologga murojaat qilgan, lekin u tashxis qo‘ya olmagan. Shundan keyin qizning oilasi uni avval qo‘shni shaharga, so‘ngra poytaxt Yerevanga olib borgan, biroq u yerda ham hech kim yordam bera olmagan. “Yerevanga borganimizda, bir shifokor bizni asab kasalliklari shifokoriga jo‘natgan, boshqasi qabul qilgan. U ko‘zimdan kristallarni chiqarib olgan. So‘ngra biz tushlik qilib kelgani ruxsat olib, 5 daqiqadan keyin yana qaytib borganmiz, chunki Satenikning ko‘zidan yana kristall chiqa boshlagan. Shunda shifokor bizga ishonmasligini va ketishimizni so‘ragan”, deb aytgan Satenikning qaynonasi.
Shifokorlar Satenikka ko‘z tomchilari va antibiotiklar buyurishgan, biroq bu vositalardan uning ahvoli yanada og‘irlashib, ularni qabul qilishni to‘xtatgan.
Ushbu hodisa bilan respublika sog‘liqni saqlash vazirligida qiziqib qolishgan. U yerda vazirlikning bosh maslahatchisi bilan bu masala bo‘yicha ikki marta yig‘ilish o‘tkazilgan. Ta'kidlanishicha, yana bir yig‘ilish o‘tkazilib, unda anamnez to‘planib, ayol bilan nima yuz berayotganini aniqlash rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:33 / 18.09.2024