Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nepalda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 66 kishi halok bo‘ldi
Foto: AFP
Nepalda yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 66 kishiga yetdi, yana 35 inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda RIA Novosti Nepal ichki ishlar vazirligiga asosan xabar berdi.
"Hozirgi paytga kelib 66 kishi halok bo‘ldi. Yana 35 inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda", - deya ma'lum qilgan mamlakat IIV qoshidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha markaz vakili.
Nepalning bir necha tumanlarida kuchli yomg‘irlar juma, 11 avgust kuni ertalab kuzatildi. Politsiya, askarlar va mahalliy aholi vakillari uylarning tomida qolib ketgan kishilarga yordam ko‘rsatishdi. Mahalliy hukumat o‘z uyini tark etganlar uchun vaqtinchalik boshpanalarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
12:13 / 13.12.2025
Sardor Rustamboyev Nepalda elchi sifatida rasman faoliyat boshladi
16:26 / 04.11.2025
Nepalda qor ko‘chkisi oqibatida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi
12:12 / 06.10.2025
Nepal va Hindistonda kuchli yog‘ingarchilik o‘nlab kishilar hayotiga zomin bo‘ldi
21:44 / 05.10.2025