O‘zbekiston | 19:39 / 14.08.2017
4872
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada O‘zbekiston milliy kuni o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi ayni paytda “Ekspo-2017” Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida o‘z Milliy paviloni bilan ishtirok etmoqda. Tadbir Ostona shahrida 2017 yilning 10 iyun-10 sentabr kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.
 
Ko‘rgazma mavzusi – “Kelajak energiyasi”. Tadbir reglamentiga muvofiq, ko‘rgazma ishi doirasida O‘zbekiston milliy kuni bo‘lib o‘tadi. U joriy yilning 5 sentabriga mo‘ljallangan.

Uning doirasida o‘zbek estrada, folklor va badiiy jamoalarning chiqish qilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid