Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida dugonasining uyiga mehmonga kelib o‘g‘rilik qilgan qiz ushlandi
Joriy yilning 12 avgust kuni Sergeli tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda dugonasining uyiga mehmonga kelib, o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan qizni qo‘lga olishdi.
Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumanida 12 avgust kuni soat 12:02da, 1996 yilda tug‘ilgan Mirobod tumani, Tolimarjon ko‘chasi 10-uyda yashovchi K.M., tanishi 1996 yilda tug‘ilgan Sergeli 7-74-uyda yashovchi T.K.ning xonadonida mehmonda bo‘la turib, 1.900 AQSh dollarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlandi.
Daliliy ashyo sifatida 1.900 AQSh dollari olingan.
Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
11:23 / 14.01.2026
Maxsus komissiya Yangihayot va Sergeli tumanlarida ekologik reyd o‘tkazdi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026