11:10 / 14.08.2017
6056

Toshkent va Dushanbe jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish masalalarini ilk marta muhokama qildi

Tojikiston IIV vakillari O‘zbekiston va Tojikiston ichki ishlar vazirliklari muvofiqlashtiruvchi guruhining ilk majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga kelishdi. Tojikiston delegatsiyasini vazirning birinchi o‘rinbosari, militsiya general-mayori Abdurahmon Alamshozoda boshqarmoqda, deb yozadi Asia-plus.

Tojikiston IVV matbuot markaziga ko‘ra, yig‘ilish doirasida Alamshozoda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashgan.

Uchrashuv mobaynida tomonlar ichki ishlar organlarining ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish, jinoyatchilikka, ayniqsa terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, xavfsizlikni ta'minlash va qonunchilikning boshqa buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida fikrlashdilar.

Tajriba, axborot almashish, ikki tomonmala hamkorlikni mustahkamlash masalalari o‘rtaga tashlandi.

Qayd etish joizki, davlat mustaqilligiga erishilgach, O‘zbekiston va Tojikiston huquq-tartibot organlari tomonidan davlatlararo aloqalarga ega bo‘lgan uyushgan jinoiy guruhlarni bartaraf etish yuzasidan birorta qo‘shma operatsiya o‘tkazilmagan.

Ko‘plab ekspertlarning fikricha, iyun oyida O‘zbekiston IIV rahbarining Dushanbega so‘nggi 20 yil ichida ilk bor ro‘y bergan tashrifi va uning Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda bilan uchrashishi ikki respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashishga yondashuvni tubdan o‘zgartirishi mumkin.

Top