19:47 / 15.08.2017
15699

Amerikalik qiz yegulik va aloqa vositasiz bir oy o‘rmonda tentirab yurdi

Foto: thesun.co.uk

AQShning Luisvill shahri (Alabama shtati) qutqaruvchilari mahalliy o‘rmonlardan birida iyulda yo‘qolib qolgan 25 yoshli Liza Terisni topishdi. Qiz topilganda juda oriqlab ketgan va yag‘ir, uning tanasi esa yara va qadoq bilan qoplangan holda bo‘lgan. Aniqlanishicha, Teris o‘rmonchining uyini talamoqchi bo‘lgan tanishlaridan qochib ketib, o‘rmonda adashib qolgan. Bu haqda Sun nashri xabar bermoqda. 

23 iyulda qizning oilasi uning yo‘qolib qolganini ma'lum qilgan. Aniqlanishicha, bu vaqt ichida qiz aloqa vositasiz, poyabzalsiz va biror yeguliksiz notanish o‘rmon bo‘ylab tentirab yurgan, soydan suv ichgan, qo‘ziqorin va rezavorlar iste'mol qilgan. Teris bu vaqt ichida 23 kg ga oriqlab ketgan. 

Ayni vaqt Liza uyida davolanmoqda. Uning yaqinlarining aytishicha, u juda behol, biroq kayfiyati yaxshi.

Lizaning tanishlari esa o‘rmonchining uyiga kirib, u yerdan 40 ming dollarlik buyumlarni o‘g‘irlab chiqqanlari uchun hibsga olinganlar.

Mavzuga oid
Top