Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahridagi xonadonlarda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14 avgust kuni Samarqand shahrining O.Ikromov ko‘chasi 3-uyda yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan, ayni damda vaqtincha ishsiz, M.I. xonadonida yong‘in sodir bo‘lgan yong‘in qo‘shnilarning uyiga ham o‘tgan.
Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining KUN.UZ so‘roviga ko‘ra ma'lum qilishicha, yong‘in natijasida M.I.ga tegishli xonadonning 102 kv.m. fanerli shifti va uy jihozlari zarar ko‘rgan.
Aniqlashimizcha, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda va xonadon sohibi uyining chordog‘ida keyinchalik sotishga mo‘ljallangan avtomobil shinalari saqlaganligi uchun yong‘in shiddat bilan, juda tez tarqalgan.
Ushbu yong‘in natijasida M.I.ning qo‘shnilari Sadriddin Ayniy ko‘chasi 102-uyda yashovchi R.R.ga tegishli uyning 50 kv.m. tomi, shu ko‘chadagi 100-uyda yashovchi Sh.N.ga tegishli xonadonning 25 kv.metr fanerli shifti va tunikali tomi zarar ko‘rgan.
Yong‘in natijasida birorta fuqaroga tan jarohati yetmagan va hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga Samarqand shahar IIB boshlig‘i B.Bahromov, o‘rinbosari N.Igamberdiyev, EKB boshlig‘i A.Ochilov, 7-sonli ShMB boshlig‘i Z.Xo‘jayev, shahar IIB YoXB xodimlari va tezkor guruhi chaqirilgan.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari va uning oqibatida yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.
O‘z muxbirimiz
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026