21:53 / 15.08.2017
24561

Video: Angliya premer-ligasi tarixidagi eng chiroyli gol aniqlandi

Angliyada premer-liga tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazildi.

Dailymail xabariga ko‘ra, «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Dennis Bergkamp APL tarixidagi eng chiroyli gol muallifi sifatida tan olingan. Ushbu niderlandiyalik futbolchining 2001/02 yilgi mavsumda «Nyukasl» darvozasiga urgan goli muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 31 foiz ovoz to‘plagan.

Ikkinchi o‘rinda «Lids»ning ganalik hujumchisi Toni Yyeboaning 1995 yili «Uimbldon»ga urgan goli (29 foiz), uchinchi o‘rinda esa «MYu» hujumchisi Ueyn Runining 2011 yili «Manchester Siti»ga urgan goli (21 foiz) qayd etildi.

Angliya premer-ligasi 1992 yilda tashkil etilgan, birinchi mavsum 1992/93 yilgi mavsum bo‘lgandi. Bungacha Angliya futbolidagi asosiy turnir Birinchi divizion nomi ostida o‘tkazilardi.

Mavzuga oid
Top