Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti»ning bayram o‘yini nursiz durang bilan tugadi
Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan ahamiyatga molik uchrashuvlardan biri Manchesterda bo‘lib o‘tdi. Unda chempionlik masalasini hal qilgan «Manchester Siti» ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Haddersfild»ni qabul qildi.
90 daqiqa davomida mezbonlar ham, raqib jamoa ham xarchand urinishmasin darvozalarga yo‘l topa olishmadi. «Manchester Siti»ga kubok topshirilishi lozim bo‘lgan uchrashuv shu tariqa nursiz durang natija bilan yakuniga yetadigan bo‘ldi.
Ushbu natijadan keyin «Manchester Siti» hisobidagi ochkolar soni 94taga yetdi va ikki rekord (95 ochko va 31-g‘alaba) ortga suriladigan bo‘ldi.
Angliya premer-ligasi
37-tur
Manchester Siti – Haddersfild 0:0
Manchester Siti: Ederson, Stounz (Bernardu Silva, 73), Otamendi, Uoker, Delf (Mendi, 57), Silva, Fernandino, Sterling, de Bryuyne (Gyundogan, 67), Sane, Gabriel Jyezus.
Haddersfild: Lessl, Yorgensen, Shindler, Kongolo, Xaderdjonay, Pritchard (van La Parra, 82), Xogg, Smit, Muy, Leve (Meloun, 78), Mune (Depuatr, 60).
Ogohlantirishlar: Smit (66), Leve (76), van La Parra (87).
Mavzuga oid
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
11:59 / 27.06.2025