Angliya premer-ligasida çempion nomi allaqaçon aniq bölsa-da, ligada jon saqlab qoliş va Çempionlar Ligasi yöllanmasini qölga kiritiş uçun kuraş davom etmoqda. 

Bugun Uelsda, «Liberti Stedium»da bir neça jamoa taqdirini hal qilişi mumkin bölgan qiziqarli uçraşuv bölib ötadi. 
Turnir jadvalida 17-örinda borayotgan «Sauthempton» «Suonsi» mehmoni böladi. Uelsliklar «Sauthempton» bilan bir xil oçko töplagan holda, 18-örinda bormoqda. 

Demak, bu öyin töğridan-töğri APLda kelasi mavsumga ham qoladigan jamoa nomini aniqlaşda eng markaziy öyindir.

Agar «Sauthempton» bugun ğalaba qozonadigan bölsa, amalda ligada qoliş vazifasini bajardi, deyiş ham mumkin. Zero, jamoada töplar nisbati -19, «Suonsi»da esa -26.  Sönggi turda uelsliklar «Sauthempton»ni quvib ötiş uçun kamida 9 töp farqi bilan yutişlari kerak böladi. Bu albatta, imkonsiz.

Agar «Suonsi» ğalaba qozonadigan bölsa, ular ham juda yaxşi imkoniyat hosil qilişadi. U holda jamoa oxirgi turda bir oçko olsa kifoya qiladi. Sönggi tur ham «Liberti»da, ligani allaqaçon tark etib ulgurgan «Stok Siti»ga qarşi keçişini hisobga olsak, vazifa u qadar qiyin bölmaydi.

Ta'kidlaş lozimki, bu öyin faqat mana şu ikki jamoagagina daxl qilmaydi. «Vest Bromviç Albion» atigi bir oy oldin umuman imkonsiz vaziyatda qolgan, qatorasiga 9 uçraşuvda mağlub bölib, mart oyi oxiridayoq rasman APL bilan xayrlaşiş arafasida turgandi. Lekin jamoa «Mançester Yunayted», «Liverpul», «Tottenhem» kabi peşqadamlarga qarşi öyinda 7 oçko oldi, şuningdek, safarda «Nyukasl» ustidan ğalaba qozonişga erişdi. Natijada, nazariy tomondan bölsa-da, hali ham ligada qoliş imkoniyatini saqlab turibdi.

«Suonsi» – «Sauthempton» öyinida tomonlardan biri ğalaba qozonsa, «Vest Bromviç» şu bugunoq APL bilan rasman xayrlaşadi. Ğarbliklar faqat bu öyinda durang qayd etilganda imkoniyatga ega bölişadi. Agar bugun durang bölib, sönggi turda «Suonsi» ham, «Sauthempton» ham mağlubiyatga uçrasa, «Vest Bromviç»da ularga yetib oliş imkoni tuğiladi. Şu örinda, «Vest Bromviç» «Sauthempton»ning sönggi turda yirik hisobda mağlubiyatga uçraşini kutişi lozim. «Sauthempton»ning 38-turdagi raqibi «Mançester Siti» ekani qaysidir ma'noda «Vest Bromviç»ga umid bağişlar, ammo boşqa tarafdan, «şaharliklar» çempionlikni nişonlab, masalan öz uyida «Haddersfild»ga oçko taqdim etganini hisobga olsak, yirik hisob ehtimoli juda kam bölişi mumkin.

Darvoqe, «Haddersfild» haqida. Jamoa hozirda 36 oçko bilan 16-örinda turibdi. Lekin ular ham ligada örnini saqlab qoliş uçun hali ter tökişlariga töğri keladi. Aslida, bugun maydonga tuşadigan «Suonsi» ham, «Sauthempton» ham yakunda ligada öz örnilarini saqlab qoliş imkoniyatlariga ega. Bugungi öyin qanday natija bilan tugaşidan qat'i nazar, sönggi turda ğalaba qozonib, «Haddersfild»ni quvib ötiş imkoniyati har ikki jamoada ham mavjuddir.