Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh milliy razvedkasi Trampning Xitoy va Rossiya bilan moliyaviy aloqalarini tekshirishi mumkin
AQShda prezident Donald Tramp va uning oilasining xorijiy davlatlar bilan ehtimoliy korruptsion o‘zaro aloqalari holatlarini o‘rganib chiqish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi RT kongressga kiritilgan “2017 yildagi rus razvedka xizmatlari tomonidan sotib olishga oid harakatlar bilan kurash to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga asosan.
Aniqlik kiritilishicha, vakillar palatasining demokratlar partiyasidan a'zosi Jimmi Gomes tomonidan tayyorlangan hujjat, Trampning boshqa davlatlar, xususan, Rossiya, Xitoy va Saudiya Arabistoni bilan “aloqalarini” tekshirishni nazarda tutadi.
Surishtiruv ishlarini esa AQSh milliy razvedkasi o‘tkazishi mumkin.
“Razvedka ma'lumotlari olinganidan so‘ng 30 kun ichida milliy razvedka direktori xorijiy davlatning ma'lum bir shaxsga uning moliyaviy manfaatlari orqali ta'sir ko‘rsatish harakati haqiqatdan ham bo‘lganini aniqlaydi”, - deyiladi qonun loyihasida.
Milliy razvedka kongressning tegishli qo‘mitalariga natijalar haqida hisobot beradi.
Kongressdagilarning taklifiga ko‘ra, Trampga boshqa davlatlar 2017 yilning 19 yanvaridan tegishli qonun kuchga kirgunga qadar ta'sir ko‘rsatishga harakat qilganini aniqlash lozim.
Mavzuga oid
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
15:06 / 10.02.2026