Jamiyat | 23:50 / 16.08.2017
22742
9 daqiqa o‘qiladi

Boshqalar lotincha imloga qanday o‘tishdi? Mukammallik sari islohotlar

Ma'lumki sobiq ittifoqdosh respublikalardagi turkiy tilli davlatlardan Ozarboyjon va Turkmaniston davlatlari ham mustaqillikning dastlabki yillarida lotin alifbosiga o‘tishini e'lon qilib, yangi alifboga o‘tishni to‘liq yakunlab, ayni kunlarda yangi imlodan bemalol foydalanishmoqda.

Ularda alifboga qanday o‘tilgan? Alifbo yakuniy ko‘rinishga kelgunga qadar qay tartibda takomillashtirib borilgan? Keling, shular haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishsak.

Turkmaniston tarixida ilk lotincha alifbo — Yanalifga SSSRdagi barcha turkiy xalqlar singari 1928 yilning 3 yanvaridan o‘tilgan. Ungacha turkmanlar ham arab alifbosidan foydalanishgan. 1929 yildan boshlab barcha sohalarda Yanalifga to‘liq o‘tilgan.

1940 yilning 1 iyulidan kirill yozuviga o‘tilgan va 2000 yilga kelib to‘liq muomaladan chiqarilgan.

Aa, Bb, Vv, Gg, Dd, Yeye, Yoyo, Jj, Җҗ, Zz, Ii, Yy, Kk, Ll, Mm, Nn, Ңң, Oo, Өө, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, Үү, Ff, Xx, Tsts, Chch, Shsh, SHCHshch, '', Yy, , Ee, Əә, Yuyu, Yaya

Mamlakat mustaqillikka erishgach, darhol lotin yozuviga o‘tish harakatlari boshlangan va 1992 yili alifboning dastlabki varianti qabul qilingan. 19 avgust kuni e'lon qilingan loyihadan quyidagi harflar o‘rin olgan:

Aa, Bb, Cc, Dd, Ee, Ea ea, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Jh jh, Kk, Ll, Mm, Nn, Ng ng, Oo, Qq, Pp, Rr, Ss, Sh sh, Tt, Ts ts, Uu, Vv, Ww, Xx, Yy, Zz.

Ayniqsa, q — ө, v — ү, x — y tovushlarini bildirishi bilan bu alifbo biroz noqulay edi.

1993 yilning yanvarida Turkmaniston fanlar akademiyasi alifboning yangi variantini e'lon qildi:

Aa, Bb, Çç, Dd, Ee, Ää, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, £ſ, Kk, Ll, Mm, Nn, Ññ, Oo, Öö, Pp, Rr, Ss, $¢, Tt, Uu, Üü, Ww, Yy, ¥ÿ, Zz.

Saparmurat Niyazov boshchiligida o‘zgartirilgan alifboda funt-sterling, dollar, iyena kabi pul belgilarini bildiruvchi simvollar ham bo‘lgani kishini hayratga soladi. Turkmanistonning 1993 yilda chiqqan ilk milliy valyutasida ham BA$ ¥ÜZ MANAT kabi yozilgan.

2000 yilda ushbu alifboga Žž, Şş, Ňň, Ýý harflari kiritilib, 17 yil davomida o‘zgartirilmasdan foydalanib kelinmoqda.

Aa, Bb, Çç, Dd, Ee, Ää, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Žž, Kk, Ll, Mm, Nn, Ňň, Oo, Öö, Pp, Rr, Ss, Şş, Tt, Uu, Üü, Ww, Yy, Ýý, Zz

O‘zgartirishlar Turkmanistonning yangi manatida ham aks etganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Ozarboyjonda esa ilk lotincha alifbo 1922 yilda joriy etilgan. 1939 yilning mayidan boshlab ozarboyjon tilini kirill alifbosiga o‘tkazish harakatlari boshlangan.

Aa, Bb, Vv, Gg, G‘g‘, Dd, Yeye, Әә, Jj, Zz, Ii, Yy, Kk, Ҝҝ, Ll, Mm, Nn, Oo, Өө, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, Үү, Ff, Xx, Һһ, Tsts, Chch, Ҹҹ, Shsh, Yy, Ee, Yuyu, Yaya, ’ (tutuq belgisi)

1939 yili tasdiqlangan kirillcha alifbo ham yo‘l-yo‘lakay takomillashtirib borilgan. 1947 yili «Ts ts» dan voz kechilgan. 1958 yilda «E e», «Yu yu», «Ya ya» harflarining bahridan o‘tilgan «Y y» ning o‘rniga «J j» qabul qilingan va shu alifbo 2001 yilgacha rasman amal qilgan.

Lotincha imloga o‘tish esa Ozarboyjonda 1992 yilda start olgan. Dastlab qabul qilingan Alifboda «Ä ä» o‘rniga keyinroq «Ә ә» qabul qilingan. 1992 yili Ozarboyjonda chiqarilgan zayom va keyinchalik chiqarilgan milliy valyuta manatlarda bu farq sezilib turibdi.

Ayni paytdagi ozar alifbosi quyidagicha ko‘rinishga ega:

Aa, Bb, Cc, Çç, Dd, Ee, Əə, Ff, Gg, Ğğ, Hh, Xx, Iı, İi, Jj, Kk, Qq, Ll, Mm, Nn, Oo, Öö, Pp, Rr, Ss, Şş, Tt, Uu, Üü, Vv, Yy, Zz

O‘zbekistonda lotin alifbosiga o‘tish haqida qaror qabul qilingach, Respublikamiz tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida amal qiluvchi qoraqalpoq tili ham lotinchaga o‘tkazildi. 1940 yilning 18 iyulidan Qoraqalpog‘istonda ham kirill alifbosi amal qilib kelayotgan edi:

Aa, Әә, Bb, Vv, Gg, G‘g‘, Dd, Yeye, Yoyo, Jj, Zz, Ii, Yy, Kk, Qq, Ll, Mm, Nn, Ңң, Oo, Өө, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, Үү, O‘o‘, Ff, Xx, Hh, Tsts, Chch, Shsh, SHCHshch, '', Yy, , Ee, Yuyu, Yaya

1993 yilning oxirlarida lotin imlosiga asoslangan o‘zbek alifbosining dastlabki varianti taqdim etilgach, uning asosida lotin imlosidagi qoraqalpoq imlosi ham ishlab chiqildi:

Aa, Ää, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, Ğğ, Hh, Xx, Iı, İi, Jj, Kk, Qq, Ll, Mm, Nn, Ňň, Oo, Öö, Pp, Rr, Ss, Şş, Tt, Uu, Üü, Vv, Ww, Yy, Zz.

1995 yilda ham o‘zbek, ham qoraqalpoq alifbolari qayta ko‘rib chiqildi. Qoraqalpoqlarning 1995 yilgi alifbosi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Aa, A‘a‘, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, G‘g‘, Hh, Xx, Iı, İi, Jj, Kk, Qq, Ll, Mm, Nn, N‘n‘, Oo, Oʻoʻ, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, U‘u‘, Vv, Ww, Yy, Zz, Sh sh

2009 yilda lotin imlosidagi qoraqalpoq alibosiga yana o‘zgartirishlar kiritildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2009 yil 8 oktabridagi qonuniga ko‘ra, «ts» harf birikmasi «S s» ga almashtirildi. Asl qoraqalpoq tilidagi so‘zlarda so‘z boshidagi «e», «o» va «oʻ» harflari mos ravishda «ye», «wo» va «woʻ» shaklida yozila boshlandi. «I ı» harfi «I‘ i‘»ga almashtirildi «Sh» harf birikmasi joriy etildi. Bugungi kunda qoraqalpoq alifbosi quyidagi ko‘rinishga ega:

Aa, Bb, Cc, Dd, Yeye, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Ww, Xx, Yy, Zz, A‘a‘, Oʻoʻ, I‘i‘, U‘u‘, G‘g‘, N‘n‘, Sh sh, Ch ch

Eslatib o‘tamiz, 1993 yil 2 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov «Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish haqida»gi qonunni imzolagan edi. Unga ko‘ra lotin imlosiga asoslangan o‘zbek alifbosi quyidagicha ko‘rinishda qabul qilingan edi:

Aa, Bb, Cc, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Xx, Yy, Zz, Çç, Ğğ, Ɉɉ, Ññ, Öö, Şş, ʼ

Modomiki, hozirgi noo‘ng‘ay alifboni takomillashtirish, lotincha imloga to‘liq o‘tish uchun uni zamona zayliga moslash zaruriyati bor ekan, aynan mana shu alifboga qaytish kerak emasmikan?

Sh.Shokirjonov tayyorladi

Mavzuga oid