Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Turk dunyosi umumiy alifbosi böyiça komissiyaning birinçi yiğilişi boşlandi. Komissiyaning vazifasi lotin alifbosiga ötiş davrida takliflar töplamini işlab çiqişdan iborat, deb xabar berdi Kazinform.

«Yangi alifboga ötiş har doim davlatning içki işi hisoblanadi. Har bir davlat bu muammoni özi hal qiladi. Bizning vazifamiz - takliflar paketini işlab çiqiş. Agar turkiy davlatlardan birortasi şunday qarorga kelsa, bu tavsiyalar asosida alifboning eng maqbul, oqilona variantini tanlaş mumkin. Albatta, har bir davlat qaysi alifboni qanday şaklda qabul qilişni mustaqil hal etadi. Ammo agar barça davlatlar lotin alifbosiga ötsa, unda biz alifbolar imkon qadar bir-biriga yaqin, turli turkiy xalqlar vakillari uçun özaro tuşunarli bölişini istaymiz», dedi Turkiy tillar akademiyasi prezidenti Şayn Mustafoyev.

U turkiy xalqlarning bir neça asrlar davomida arab alifbosidan foydalanganini misol qilib keltirdi. Uning sözlariga köra, bu hamma uçun tuşunarli edi. Şu asosda ziyolilar alifbo öxşaşligi tufayli turli turkiy davlatlarda naşr etilgan kitob va asarlarni bemalol öqiy olgan.

«Bugungi kunda alifbolar bir-biridan keskin farq qilsa, xalq uçun boşqa xalqlar adabiyotini, matbuot xabarlarini, umumiy yozma madaniyatini tuşuniş juda qiyin böladi. Agar bu alifbolar öxşaş bölsa, u holda aloqa yaqinroq böladi va munosabatlar erkin böladi. Bu xalqlarning madaniy yaqinlaşuviga, turkiy dunyoning madaniy integratsiyalaşuviga imkon beradi», dedi Şayn Mustafoyev.

U turkiy xalqlar alifbosini lotin alifbosiga ötkaziş muammosi XІX asr oxiri XX asr boşida kötarilganini eslatdi. 1926 yilda Bokuda bölib ötgan birinçi turkologik qurultoyda turkiy xalqlarni lotin alifbosiga ötkaziş töğrisida qaror qabul qilingan edi. 1939-1940 yillargaça sobiq Ittifoqning barça musulmon xalqlari lotin alifbosidan foydalangan. Biroq keyinçalik kirill alifbosiga ötkazilgan.