Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy: KXDR bilan bog‘liq masalada “avgust inqirozi” hali ham davom etmoqda
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining ma'lum qilishicha, KXDR atrofidagi keskinlik asta-sekin pasaymoqda, biroq inqirozdan hali o‘tilganicha yo‘q. Bu haqda XXR TIV rasmiy saytida xabar berildi.
Ta'kidlanishicha, Van I Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel bilan Koreya yarim orolidagi vaziyatni telefon orqali muhokama etgan.
“Barcha tomonlarning sa'y-harakatlari tufayli Koreya yarim orolidagi keskinlik asta-sekin pasaymoqda, biroq “avgust inqirozi”dan hali o‘tilmadi, tomonlar uni yakunlash bo‘yicha qo‘shma harakatlarni amalga oshirishi lozim”, - deya ma'lum qildi Xitoy TIV rahbari.
Avvalroq KXDR AQSh bilan qamoqda saqlanayotgan amerikaliklarni muhokama etishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026