Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Houp Hiks Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha vaqtinchalik direktori etib tayinlandi
Foto: EPA/Andrew Harrer/POOL
Oq uy vakili 16 avgustda jurnalistlarga AQSh prezidenti yordamchisi Houp Hiksning Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha vaqtinchalik direktori etib tayinlanganini tasdiqladi.
Oq uy vakilining aytishicha, Hiks bu lavozimda “vaqtinchalik asosda” ishlaydi. Kommunikatsiyalar bo‘yicha doimiy direktor “mos vaqtda” ma'lum qilinadi, deb qo‘shimcha qilgan manba.
Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha sobiq direktori Entoni Skaramuchchi 31 iyulda bu lavozimga tayinlanganining 11-kuni bo‘shatilgan edi. U Oq uy apparatining yangi rahbari Jon Kelli talabi bilan iste'foga ketkazilgandi. AQShning bir qator ommaviy axborot vositalari fikricha, Skaramuchchi Oq uy apparati rahbari lavozimidan Rayns Pribas va AQSh prezidenti matbuot kotibi lavozimidan Shon Spayserning ketishi tashabbuschisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:37 / 27.04.2026
Vashingtondagi otishma savollarni ko‘paytirmoqda
01:54 / 27.04.2026
Melaniya Tramp Oq uyda asalarichilikni kengaytirmoqda
10:40 / 26.04.2026
Tramp qatnashayotgan tadbirda otishma: Oq uy a’zolari evakuatsiya qilindi
08:49 / 21.04.2026