Jamiyat | 10:39 / 16.08.2017
4658
2 daqiqa o‘qiladi

Oqsoqollar fuqarolarning sayyor shaxsiy qabulini tashkil etadi

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 562-son «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Mazkur nizom Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida (FO‘O‘BO) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibini belgilaydi.

FO‘O‘BOda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi

Og‘zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining boshqa mas'ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga telefon orqali qilingan murojaatlar og‘zaki murojaat hisoblanadi va belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin. Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida mas'ul kotib va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining boshqa mas'ul xodimlari ishtirok etishi mumkin. Sayyor shaxsiy qabullarni o‘tkazish haqida mahalliy OAVda e'lon qilinadi.

Mas'ul kotib murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta'minlash chora-tadbirlarini ko‘radi. U murojaatlarni ko‘rib chiqish qoidalari va muddatlari buzilishi to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni darhol xabardor qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid