Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Otalar choyxonasi”da qimorxona tashkil etgan qimorbozlar ushlandi
Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan maxsus «Tozalash- Antiterror» tadbiri chog‘ida choyxonada qimorxona tashkil etilgani aniqlandi. Shu bilan birga ulardan daliliy ashyolar va qimorga tikilgan pullar olingan. Bu haqda Andijon IIB matbuot xizmati Kun.Uz tahririyatiga ma'lum qildi.
2017 yil 15 avgust kuni tungi 01:50 larda, o‘tkazilayotgan tadbir va tungi xizmat davomida Asaka tumani Ko‘ngil ko‘chasida yashovchi B.I. shu ko‘chada joylashgan «Otalar choyxonasi»da noqonuniy ravishda qimorxona tashkil etgan. U Asaka tumani J.Manguberdi ko‘chasida yashovchi A. O, Asaka tumani Tillaxon ko‘chasida yashovchi A.A, Asaka tumani Asaka ko‘chasida yashovchi A.U, Asaka tuman Asaka ko‘chasida yashovchi S.D va Asaka tuman Asaka ko‘chasida yashovchi T.G.larga cho‘tal puli evaziga qimor o‘ynashlariga sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida 4 dona oshiq suyagi, 7 dona yelim stakan, 136 ming so‘m cho‘tal puli va 658 ming 500 so‘m «dov»ga tikilgan pullar olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormokda.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026