Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi hududidagi ziddiyatlar kamayadi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaraning 84 foizlik qismi bo‘yicha siyosiy qaror qabul qilindi. Bu haqda bugun Bishkekda bo‘lib o‘tgan Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlisi yakunida Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jyenish Razakov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarning taxminan 84 foizlik qismi oraliq bitim loyihasiga kiritilgan.
«Bu katta muvaffaqiyat. Bu bizning kartograflarimiz, yer o‘lchovchi mutaxassislarimiz, ishchi komissiyasining barcha a'zolarining muvaffaqiyatidir. Endi texnik ishlarni yakunlashimiz kerak», — degan Jyenish Razakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni aniqlash bo‘yicha ishlar yakunlanib, hujjatlar imzolangach, chegara hududlarida ziddiyatlar darajasi bir necha marta kamayishiga erishiladi.
U anklav hududlar masalasi alohida ko‘rib chiqilishini qayd etib o‘tgan.
Jyenish Razakovning aniqlik kiritishicha, oraliq kelishuv imzolangach, Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha umumiy kelishuv imzolanadi.
Ma'umot uchun, O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi 1378 kilometrni tashkil qiladi.
Qirg‘iziston tomoni chegaraning aniqlab bo‘lingan hududi 1003 kilometrni tashkil etishini bildirgan, O‘zbekiston tomoni esa 701 kilometr aniqlab bo‘lingan degan xulosaga kelgan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat o‘rtasida bahsli bo‘lib turgan o‘nlab hudud bor.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026