Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikaning eng boy odami AQSh va Yevropaga 50 mlrd dollar sarmoya kiritadi
Afrikaning eng badavlat fuqarosi, nigeriyalik tadbirkor Aliko Dangote 2025 yilga qadar AQSh va Yevropaning qayta tiklanuvchi energiya manbalari va neftkimyo sanoatiga 20 mlrddan 50 mlrd dollargacha sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qilmoqda. Dangote ilk sarmoyalarini 2020 yilda kiritishni boshlaydi. U Nigeriyada 5 mlrd dollarlik qishloq xo‘jalik loyihalarini va 11 mlrd dollarlik neftni qayta ishlash zavodini barpo etish loyihasinii amalga oshirib bo‘lgach, AQSh va Yevropa bilan bog‘liq rejalarini amalga oshiradi.
«2020 yildan bizning bo‘lg‘usi 60 foiz sarmoyamiz Afrika tashqarisiga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, bizda muvozanat bo‘lishi mumkin. Fikrimcha, qayta tiklanuvchi energiya manbalari — bu kelajakka tashlangan olg‘a qadamdir. Biz birinchi galda neft kimyo sanoatini ko‘zda tutayapmiz, shu bilan birga, boshqa kompaniyalarga sarmoya kiritishimiz mumkin».
Dangotening boyligi, Bloomberg milliarderlar indeksiga binoan 11,9 mlrd dollardir. Tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda, uning Dangote Group kompaniyasi Afrikaning 18 mamlakatida korxonalarga ega bo‘lib, Osiyo bozoriga ham chiqishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026