Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:32 / 17.08.2017
6161
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniyada urush davridagi bomba tufayli 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
Foto: NDR
Germaniyaning Hildeshaymida 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Bu Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba aniqlanganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar bermoqda NDR.
Snaryad qurilish ishlarini bajarish chog‘ida aniqlangan.
Hukumat qo‘shni hududlarni yopib qo‘ygan. Mutaxassislar snaryadni chiqarib olish bilan band.
Avvalroq Parijda yo‘lovchining sumkasida topilgan bomba bo‘lagi sababli vokzal evakuatsiya qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish