Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda yo‘lovchining sumkasida topilgan bomba bo‘lagi sababli vokzal evakuatsiya qilindi
Parijda xavfsizlik xizmati Shimoliy vokzaldan yo‘lovchilarni evakuatsiya qildi. The Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, bunga yo‘lovchilardan birining sumkasida Ikkinchi jahon urushi vaqtlaridagi bombaning bo‘lagi topilgani sabab bo‘lgan.
Vokzalning evakuatsiya qilinishi poyezdlar jo‘natilishida uzilishlarga va katta navbatlar yuzaga kelishiga olib kelgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik xizmati yo‘lovchining sumkasida aniqlagan shubhali buyum bomba bo‘lagi bo‘lib chiqqan.
Evening Standart nashrining ma'lum qilishicha, yo‘lovchi xavfli buyumni Londongacha poyezdda olib ketmoqchi bo‘lgan. Nashr guvohlarning so‘zlariga iqtibos keltirgan holda politsiya shubhali sumkani portlatganini ma'lum qilgan, biroq bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i berilmagan.
Mavzuga oid
17:16 / 01.07.2026
«Tamerlano» operasi Parijni zabt etdi - Saida Mirziyoyeva
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
15:43 / 31.05.2026