Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bulung‘urda yangi obektlar foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayramiga tuhfa sifatida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bir qator ijtimoiy va maishiy obektlar yangidan qurilib, qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Jumladan, joriy yilning 17 avgust kuni tumanda «Xalq qabulxonasi» uchun yangi qurilgan binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyatining «Xalq qabulxonasi» mudiri Sh.Uzoqov va boshqa mas'ul mutasaddilar ishtirok etishdi.

Shu kunning o‘zida «Xalq banki» tuman bo‘limi binosi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi va Bulung‘ur tumanining chegara hududida joylashgan «Xo‘jamazgil» MFYning yangi qurilgan binosi va ushbu mahalla hududida ham maishiy xizmat ko‘rsatish binolari yangidan barpo etilib, mahalla faollariga topshirildi.

Tadbirda tuman tashkilot rahbarlari va faollari ishtirok etishdi.
O‘z muxbirimiz
Mavzuga oid
19:09 / 11.12.2025
“Qamayman deb tazyiq o‘tkazgan” – Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi
11:05 / 16.06.2025
«Xalq qabulxonalari dispetcherga aylanib qoldi» - tizimdagi barcha xodimlar bugundan ishdan bo‘shatiladi
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
13:52 / 03.05.2025