Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan vazirlik, idora va hokimliklarning murojaatlar bilan işlaş faoliyati böyiça örganiş ötkazilmoqda.
Örganişlar natijasida 41 ta vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni körib çiqiş muddatlari buzilgani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan tegişli taşkilotlar rahbarlariga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etiş, mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortiş hamda kelgusida bunday holatlarga yöl qöymaslik böyiça tegişli çoralar köriş talabi bilan nazorat xatlari yuborildi.
Tahlillarga köra, hisobot davrida murojaatlarning ijro muddatlarini eng köp buzgan TOP-10 hokimliklar, vazirlik va idoralar röyxati:
Andijon viloyati hokimligi – 137
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi – 107
Surxondaryo viloyati hokimligi – 103
Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi – 79
Özbekiston mahallalari uyuşmasi – 65
Toşkent şahar hokimligi – 55
Qaşqadaryo viloyati hokimligi – 45
Oila va xotin-qizlar qömitasi – 45
Namangan viloyati hokimligi – 44
Aniqlangan holatlar böyiça taşkilot va idoralarda içki xizmat tekşiruvlari ötkazilib, 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, 19 nafar xodim lavozimidan ozod etildi.
Şuningdek, 600 ga yaqin murojaatlarni körib çiqiş muddatlari buzilişiga yöl qöygan hamda aniqlangan kamçiliklar böyiça tegişli çoralar körmagan 13 ta vazirlik va idoralarga oid materiallar huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga taqdim etildi.

















