Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyada bir necha kishi odamlarga pichoq bilan hujum qildi
Finlyandiyaning Turku shahrida ko‘chada odamlarga pichoq bilan hujum qilinishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi. Jabrlanganlar haqidagi ma'lumot aniqlashtirilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, bir necha kishi shahar markazida odamlarga pichoq bilan hujum qilgan. Yle nashri ma'lumotlariga ko‘ra, ulardan birining oyog‘idan yaralantirishga va hibsga olishga muvaffaq bo‘lingan. Politsiya shaharning Puutori va Kauppatori maydonlarida maxsus operatsiyani davom ettirmoqda.
Guvohlarning aytishicha, bu hududda o‘q ovozlari eshitilgan va pichoq bilan hujumlar amalga oshirilgani qayd qilingan.
OAVning ta'kidlashicha, bir necha kishi Turku ko‘chalari bo‘ylab pichoqlar bilan yugurib yurgan. Hozirda gumonlanuvchilar qidirilmoqda. Odamlarga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.
Politsiya vokzallarda va Xelsinki aeroportida xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.
Mavzuga oid
10:54 / 18.05.2026
Yaponlarning AQSh harbiy bazasiga hujumi. U qanday sodir bo‘lgandi?
18:49 / 19.02.2026
AQSh Eron yaqinida qo‘shin to‘plamoqda. Urush xavfi oshdi
15:18 / 19.02.2026
Qo‘qonda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilindi
18:51 / 13.02.2026