Qo‘shimcha-kontrakt asosida o‘qishni istaydiganlar nima qilishi kerak?
Kun.uz muxbiri oliy ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan davlat imtihonida yetarli ball yig‘a olmay, qo‘shimcha to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kimga uchrashi, ariza muddatlari bo‘yicha tartibni o‘rganib chiqishga qiziqdi.
«Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalari o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom»ning 4 ilovasiga ko‘ra, qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta'lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.
2017/18 yilgi o‘quv mavsumida o‘qish istagini bildirgan, lekin kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar bir oy muddat ichida qo‘shimcha to‘lov-kontrakti (super kontrakt) asosida o‘qishini ariza orqali bildirishi lozim. Agar ariza yozilmasa, ustunlik ro‘yxat asosida o‘qishni rad etgan abituriyentdan quyida bo‘lgan abituriyentga beriladi.
Qo‘shimcha qabulga abituriyentlar 2 xil kategoriya bo‘yicha qabul qilinadi:
To‘plagan balli qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar;
68 balldan ko‘p to‘plagan barcha abituriyentlar.
Bular bir-biridan qanday farq qiladi?
Eng avvalo ular to‘laydigan oshirilgan kontrakt narxida keskin farq bo‘ladi. Bundan tashqari to‘plagan balli qabul chegarasiga 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlarda kvotaga tushish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.
To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.
Kirish sinovlarida to‘plagan natijalari eng yuqori ballning 30 foizi (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga (4 ballik hudud) qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lov to‘lash sharti bilan o‘qishga qabul qilinadi.
Bunda, qaysi OTMda oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori qancha bo‘lishini ta'lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi belgilaydi. Ya'ni ariza bilan murojaat qilgan abituriyent Davlat kommissiyasining OTMlarda qo‘shimcha kvotalarni belgilagandan so‘ng, keyingi bosqich bo‘yicha ish ko‘rsa bo‘ladi. E'tibor qiling, to‘lov-kontrakti belgilangan qo‘shimcha summadan tashqari pul to‘lashni talab qilmaydi.
Oshirilgan kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?
Bir marta to‘lanadi. Qo‘shimcha qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida o‘qishini davom ettiradilar.
Agar bu holatni bitta OTM (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti) talqinida olsak, u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oliy ta'lim vazirligi mas'ul vakili Orifjonov Madamin javob berdi.
Mavzuga oid
13:03 / 27.07.2024
Ta’lim shakllari, tillar, OTM va yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi
21:37 / 20.07.2024
2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavrlar va magistrlar tayyorlash parametrlari belgilandi
13:41 / 05.06.2024
Abituriyentlar uchun qabul boshlandi – bu safar faqat OTMga emas, kollej, texnikumlarga ham
10:23 / 25.05.2024