Qarorga muvofiq, prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning axborot texnologiyalari, Özbekiston tarixi va xorijiy tillar böyiça bilim hamda könikmalari Bilim va malakalarni baholaş agentligida (hududlar böyiça) maxsus test sinovlari orqali baholanişi belgilandi.
Yangi tartibga köra:
- test sinovlari böyiça ötiş ballining quyi çegarasi töplaş mumkin bölgan eng yuqori ballning 55 foizi etib belgilanadi;
- 55 foizdan past ball töplagan, şuningdek, test sinovlariga qatnaşmagan talabgorlar prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmaydi;
- baholaş natijalaridan norozi bölgan talabgorlar şikoyatlarini körib çiqiş uçun kamida 5 nafardan iborat apellyatsiya komissiyasi taşkil etiladi.
Şuningdek, talabgorlarning hujjatlari va erişgan natijalari qaror bilan tasdiqlangan baholaş mezonlari asosida baholanişi belgilangan. Mazkur mezonlarda, jumladan:
- magistratura talabgorlari uçun ilmiy-tadqiqot işlari (40 ballgaça), yutuqlar (20 ballgaça) hamda agentlik test sinovlari natijalari (30 ballgaça) körsatkiçlari nazarda tutilgan;
- bakalavriat talabgorlari uçun ilmiy işlar (30 ballgaça), yutuqlar (20 ballgaça), til sertifikati (10 ballgaça) hamda agentlik test sinovlari natijalari (30 ballgaça) baholaş qismi sifatida qayd etilgan.
Talabgorlarning özlaştiriş körsatkiçlari esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimi orqali şakllantirilişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, nomli davlat stipendiyalari sovrindori bölgan talabalarga muayyan ta’lim bosqiçida nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qayta iştirok etişga ruxsat etilmasligi belgilandi.













