Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev ta'ziyali xonadonni ziyorat qildi (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahrida viloyat faollari bilan uchrashganidan so‘ng yo‘lda keta turib, ta'ziyali xonadonni ziyorat qildi. Bu yerda istiqomat qiluvchi Muxtor Mirkomilovning turmush o‘rtog‘i bevaqt vafot etgani munosabati bilan ta'ziya marosimi o‘tkazilayotgan edi.
Yurtboshimiz xonadon egalariga o‘zining chuqur hamdardligini bildirib, ularga sabr-toqat va bardosh tiladi. Shuningdek mutasaddi rahbarlarga ushbu oilaga ko‘mak berish topshirig‘ini berdi.
"Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash, odamiylikning eng oliy mezonidir" - davlat rahbarining ushbu so‘zlari hozirgi kunda O‘zbekiston bo‘ylab keng tarqalib bormoqda. Prezidentning amaliy faoliyati, uning tashabbus va harakatlarida shu haqiqat yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bu holat Bekobod shahri aholi vakillari bilan kechgan uchrashuvda yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Odamlar o‘zlari ishonch bildirgan davlat rahbari bilan samimiy muloqot, o‘z fikr-mulohazalarini emin-erkin bayon qilayotgani - inson, uning huquq va manfaatlarini amalda ta'minlash hayotimiz qoidasiga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
21:07 / 25.06.2026