Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga bayram tabrigini yölladi.

Davlat rahbari tabrigida mamlakatning bosma va internet naşrlari, teleradiokanallar, axborot va media xizmatlari, naşriyot hamda matbaa korxonalarida faoliyat yuritayotgan ijodiy va texnik xodimlar, jurnalistlar hamda soha faxriylarini samimiy qutladi.

Prezident jurnalistlarni özining doimiy maslakdoşi va jonkuyar dösti deb bilişini ta’kidladi.

Qayd etilişiça, bu yilgi kasb bayrami milliy matbuot tarixidagi muhim sanalar – jadidlar tomonidan «Taraqqiy» gazetasi taşkil etilganining 120 yilligi hamda Özbekistonda ilk radioeşittirişlar boşlanganining 100 yilligi arafasida nişonlanmoqda.

Tabrikda sönggi yillarda mamlakatda söz erkinligini ta’minlaş, ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini kengaytiriş, axborot sohasini raqamlaştiriş va zamonaviy mediamakonni şakllantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar qayd etildi.

Prezidentning ma’lum qilişiça, bugungi kunda mamlakatdagi qariyb 2 ming 700 ta ommaviy axborot vositasining 67 foizi, noşirlik sub’yektlarining 90 foizdan ortiği va matbaa korxonalarining 83 foizi nodavlat sektor hissasiga töğri keladi. Şuningdek, joriy yilda naşriyotlarning işlab çiqariş quvvati ötgan yilga nisbatan ikki barobar oşib, 15 ming nomdagi 60 milliondan ortiq nusxada kitob naşr etilgan.

Davlat rahbari axborot oqimi ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan şaroitda işonçli manbalarga tayaniş muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Şu bilan birga, qisqa vaqt içida 10 ming nafar yoşni qamrab oladigan zamonaviy media-ta’lim tizimi şakllantirilgani qayd etildi.

Şavkat Mirziyoyev erkin va mas’uliyatli, xalqçil jurnalistikani davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim şarti deb atab, jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, malakasini oşiriş hamda mehnatini rağbatlantirişga qaratilgan yangi çora-tadbirlar amalga oşirilişini bildirdi.

Şuningdek, prezident Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi faoliyatini takomillaştiriş, uning nufuzini oşiriş va jurnalistlarni huquqiy hamda axborot-texnologik jihatdan qöllab-quvvatlaş muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

Tabrik sözi yakunida davlat rahbari kasb bayrami munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor bölgan soha xodimlarini qutlab, barça jurnalistlarga mustahkam soğliq, oilaviy baxt va ijodiy muvaffaqiyat tiladi.