Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha zamonlarning eng yaxshi qora tanli sportchilari ro‘yxati tuzildi
Foto: Getty Images
AQShning "SurveyMonkey" tahliliy maydonchasi "The Undefeated" resursi bilan birgalikda tarixdagi eng yaxshi qora tanli sportchilarning elliktaligini taqdim qildi.
Ma'lum qilinishicha, reytingning eng yuqori pog‘onasini "Chikago Buls" basketbol klubining afsonaviy o‘yinchisi Maykl Jordan egallagan. U 6 marta Milliy bastkebol uyushmasi chempioni va 2 marta Olimpiya chempioni bo‘lgan.
2-o‘ringa esa beysbolchi Jyeki Robinson va 3-o‘ringa sobiq bokschi Muhammad Ali qo‘yilgan.
Bundan tashqari, birinchi o‘ntalikdan 4-o‘rinni beysbolchi Villi Meys, 5-o‘rinni yengil atletikachi Jyessi Ouens, 6-o‘rinni ayol tennischi Serena Uilyams, 7-o‘rinni beysbolchi Xenk Aaron, 8-o‘rinni gimnastikachi Simone Bayls, 9-o‘rinni beysbolchi Gabrielle Duglas va 10-o‘rinni amerikancha futbolchi Jyerri Rays egallagan.
Reytingga eng ko‘p sonda (11 kishi) basketbolchilar kiritilgan. So‘ngra beysbolchilar va futbolchilar kelmoqda. Yengil atletikachilar va bokschilar kamroq kiritilgan, jumladan 6 bokschi o‘rin olgan. Ta'kidlash joizki, ushbu reyting so‘rovnomalarga ko‘ra tuzilgan bo‘lib, ularda 10000 kishi ishtirok etgan.
Mavzuga oid
19:21
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
22:40 / 05.05.2026