Jahon | 20:30 / 19.08.2017
7869
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonadagi terakt vaqtida yo‘qolib qolgan bola topildi

Foto:NAVARRA.COM

Barselonadagi terakt vaqtida yo‘qolib qolgan 7 yoshli avstraliyalik Julian Kadman Kataloniyadagi shifoxonalardan birida topildi. 

Mundo nashri ma'lumotlariga ko‘ra, bolaning qarindoshlari teraktdan keyin uning yo‘qolib qolganini ma'lum qilishgan. Uning buvasi Toni Kadman Facebook’da bolaning onasi terakt vaqtida jarohat olib, shifoxonada barqaror og‘ir ahvolda qolayotganini yozgandi.

Bolaning otasi esa u bilan fojiadan bir necha soat oldin gaplashganini ma'lum qilgan. U o‘g‘lini izlash uchun Barselonaga yo‘l olgandi. Bolaning oilasi uni qidirishda yordam berishi umidida internetda uning suratini joylashtirgan. Va bu harakatlar zoye ketmadi va bolakay topildi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid