Foto: Toshkentda yo‘l-patrul xizmati motoguruhi tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahrida tajriba tariqasida yo‘l patrul xizmati mototsikldagi guruhi tuzildi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ushbu guruhga yo‘llar va ko‘chalarning harakatlanish qiyin bo‘lgan qatnov qismlarida, odamlar gavjum joylarda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash vazifasi yuklatilgan.
«Ya'ni YPX xodimi mototsiklda yengil avtomobilga qaraganda tirbandliklar hosil bo‘lgan, yo‘l-transport hodisalari yoki serqatnov chorrahada svetofor ishlamayotgan joylarga tezroq yetib boradi. Motosiklning avtomobilga ko‘ra manyovr qilishi osonroq, gabaritlari ham ixchamroq. Shuning uchun har bir soniya g‘animat bo‘lganda YPX xodimi mototsiklda kerakli joyga tezroq yetib kela oladi», deyilgan xabarda.
Motosikldagi YPX inspektori mototsiklni a'lo darajada boshqara olishi lozim. Shuning uchun ushbu guruhda mototsikl xaydash malakasiga, ya'ni «A» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan xodimlar jamlangan va ularni boshqarish malakasini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar maxsus avtodromlarda o‘tkazilgan.
Mashg‘ulotlar tugagach, 2017 yil 16 avgust kunidan YPX xodimlari mototsikllarda shahar ko‘chalari bo‘ylab patrullik qilishni boshlashdi. Agar tajriba o‘zini oqlasa, mototsikldagi YPX xodimlari doimiy tarzda poytaxt yo‘llarida harakat xavfsizligini ta'minlaydi.
Avvalroq Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l patrul xizmati xodimlari Honda rusumidagi mototsikllarda harakatlanayotgani tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.
Shuningdek, Samarqand va Xorazm shaharlarida YPX xodimlariga Honda mototsikllari topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06 / 09.05.2025
Mavzuga oid

20:05 / 20.01.2025
Honda 300 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi

21:24 / 08.01.2025
Sony o‘zining birinchi elektromobilini taqdim etdi. Narxlari va xususiyatlari

20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi

10:56 / 26.05.2023