O‘zbekiston | 18:30 / 17.08.2017
49263
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda YPX xodimlariga Honda mototsikllari berildi (Video)
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri yo‘l-patrul xizmati xodimlariga Yaponiyada ishlab chiqarilgan va maxsus jihozlangan mototsikllarni taqdim etdi. Bundan ko‘zlangan maqsad – Toshkent shahrida tirbandliklarning oldini olishdir.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, mototsikllar modeli Honda bo‘lib, Toshkent shahriga 10 shunday transport vositasi ajratilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu mototsikllar poytaxt ko‘chalarida joriy yilning sentabr oyidan boshlab harakatlanadi.
Avvalroq Samarqandda YPX xodimlariga Honda mototsikllari topshirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:01 / 06.07.2024
Metanda yuradigan ilk mototsikl taqdim etildi. Uning narxi 1000 yevrodan boshlanadi
21:48 / 04.06.2024
16 yoshga to‘lganlarga moped va skuterlarni guvohnomasiz boshqarishga ruxsat berilishi mumkin
10:56 / 26.05.2023
Honda Elite II biznes-jyetini taqdim etdi, u soatiga 782 km tezlikda ucha oladi
18:11 / 22.10.2022