Sönggi yillarda Samarqand şahrida avtotransport vositalari ança köpaygani sabab ba'zi köçalar va çorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa öz navbatida maxsus operatsiyani bajarayotgan xizmat avtomaşinalarining harakatlanişiga ma'lum qiyinçiliklar tuğdirmoqda, deb yozadi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Uşbu muammolarni inobatga olgan Özbekiston Içki işlar vazirligi Samarqand şahri yöl-patrul xizmati xodimlariga Yaponiyada işlab çiqarilgan va maxsus jihozlangan mototsikllarni taqdim etdi.
Samarqand viloyati IIB boşliği polkovnik Fayzulla Quvondiqov boşçiligida bölib ötgan namoyiş seminari iştirokçilari yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlariga topşirilgan mototsikllarning texnik imkoniyatlari bilan tanişib çiqdi.














