Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda xitoylik va hindistonlik askarlar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi
Internetda xitoylik va hindistonlik askarlar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi. Bir qator hind OAV ma'lumotlariga ko‘ra, mushtlashuv 5 kun avval Himolayda yuz bergan.
Times of India nashri manbalariga ko‘ra, hind askarlari 15 avgust ertalab yuz bergan janjal vaqtida xitoylik askarlarning Hindiston hududiga kirishga urinishiga to‘sqinlik qilganlar. Xabarda aytilishcha, mushtlashuv tomonlar mojarolarni tartibga solish qoidasiga ko‘ra bayroqlarni ko‘tarib, avvalgi pozitsiyalariga qaytganlaridan keyin yakun topgan.
Ushbu holat bo‘yicha na hind va na Xitoy tomondan rasmiy izohlar berildi. Voqea Hindiston mustaqilligining 70 yilligi kunida xitoylik harbiylar Bangong ko‘li sohili bo‘ylab Xindistonning Ladakx degan hududiga o‘tmoqchi bo‘lganda yuz bergan.
130 km uzunlikka ega Bangong ko‘lining yarmi Hindistonda, yarmi Xitoy Tibetida joylashgan. Ikki tomon ushbu hudud xususida bahs olib boradi va ikki davlat hududini faqatgina nazorat chizig‘i ajratib turadi.
Mavzuga oid
20:51 / 30.10.2025
Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi mushtlashuvda halok bo‘ldi
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
14:16 / 07.08.2025
Qo‘qonda “parkovka” talashgan fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi
11:50 / 03.08.2025