Jahon | 08:43 / 20.08.2017
4845
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil bosh vaziri Vladimir Putin bilan yaqin kunlarda uchrashishni mo‘ljallamoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 23 avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sochida uchrashishni mo‘ljallamoqda. Ikki tomon Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri devoniga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Oxirgi ikki yil ichida Netanyaxu ikki tomonlama hamda Suriyada Isroil va Rossiya harbiy-havo kuchlari o‘rtasida nomaqbul hodisalarning oldini olish maqsadida mintaqaviy masalalarni muhokama qilgani Putin bilan bir necha marotaba uchrashgan”, deyilgan xabarda. Kremlda bunday rejalar borligi haqida hozircha hech narsa aytilmagan. 

Iyulda Netanyaxu Rossiya va AQShning Suriyadagi yarashuv kelishuviga qarshi chiqqandi. U bu kelishuv Suriyada Eronning mavjudligini abadiylashtirishini aytgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid