Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Porsche 917 mashinasi 14 mln dollarga sotildi
Foto: RIA "VistaNyus"
1971 yilda suratga olingan va bosh rolni aktyor Stiv MakKuin ijro etgan mashhur “Le-Man” filmida ishtirok etgan Porsche 917 sportkari auksionda 14,08 mln dollarga sotildi. Bu Porsche brendi uchun rekord summa bo‘ldi.
Filmda “Le-Man 24 soati” poygasida yuz beradigan voqealar haqida so‘zlanadi. Filmda 1970 yildagi haqiqiy poyga lavhalaridan foydalanilgan. Aynan shu yili Porsche mashinasi bu poygada birinchi marta g‘alaba qozongan.
Avval bu mashina “Le-Man 24 soati” va Formula-1” poygalarida ishtirok etgan shveysariyalik sobiq poygachi Yo Ziffertga tegishli bo‘lgan. 2002 yilda mashina restavratsiya qilingach, undan biror marta foydalanilmagan.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025