Fan-texnika | 22:26 / 20.08.2017
23104
2 daqiqa o‘qiladi

YouTube «Shoshilinch yangiliklar» bo‘limini ishga tushirdi

YouTube «Shoshilinch yangiliklar» maxsus bo‘limini ishga tushirdi. Kompaniya shu tariqa Google'da ro‘yxatdan o‘tgan akkauntga ega kishilar uchun pleylistlarni sozlashda davom etmoqda. Google bu sahifaga yangiliklarni qanday saralayotgani (reytingga ko‘rami yoki boshqa omillarga asoslanibmi) hozircha noma'lum. 

Aksariyat foydalanuvchilar uchun YouTube — bu qiziq videolarni tezda tomosha qilish mumkin bo‘lgan resurs. Shunday bo‘lsa-da, resurs ulg‘aygan sari mediaga talpinmoqda, deyiladi Techcrunch'da. Foydalanuvchilar videolari esa endilikda Facebook va Twitter'da ham keng tarqalmoqda. 

Joriy yilning iyunida YouTube servisning ro‘yxatdan o‘tgan oylik auditoriyasi 1,5 milliard kishini tashkil qilishi haqida ma'lum qilgan. 

«Shoshilinch yangiliklar» bo‘limining ishga tushirilishi Google'ning turli yirik yangiliklar kanallari bilan hamkorlik loyihalarini tuzishga olib kelishi mumkin. 

Manbaga ko‘ra, bunday yagona platformaning yaratilishi Google'ning boshqa servislardan ustunligini ta'minlaydi. 

Mavzuga oid