Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anatoliy Antonov Rossiyaning AQShdagi elchisi lavozimiga tayinlandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Anatoliy Antonovni RFning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi.
"Prezident farmoni bilan Anatoliy Ivanovich Antonov Rossiya Federatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor elchisi hamda Rossiya Federatsiyasining Amerika davlatlari tashkilotining Vashingtondagi qarorgohida doimiy kuzatuvchisi sifatida tayinlandi", - deyiladi Kreml saytiga joylashtirilgan xabarda.
Putin boshqa farmon bilan Antonovni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etgan.
Rossiya davlat rahbari, shuningdek, RFning shu paytga qadar elchisi Sergey Kislyakni Rossiyaning AQShdagi elchisi lavozimidan ozod etgan.
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
22:57 / 03.07.2026