Sport | 20:51 / 21.08.2017
10264
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» Koutino transferi serialini yakunladimi?

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Liverpul»ga yarimhimoyachi Filippe Koutinoning transferi bo‘yicha yakuniy javobni 20 avgust kuni kechki soat 19:00gacha (Toshkent vaqti bilan 23:00gacha) aytishni so‘ragan, biroq ingliz klubidan hech qanday javob kelmagan

«Liverpul» juma kuni «Barselona»ning uchinchi taklifini ham rad etgandi. Kataloniyaliklar o‘shanda elektron pochta orqali: «OK, siz bu taklifni ham rad etdingiz, ammo biz sizga – yakshanba kuni soat 19:00gacha o‘z variantingizni berishni so‘raymiz. Boshqa holatlarda taklifni qaytarib olamiz», deb yozgan. 

O‘ylashimcha, «Liverpul»da bu taklifga javob berish istagi bo‘lmagan va ular hech qanday javob qaytarishmagan. Bu Koutinoning «Barselona»ga o‘tish tarixi tugagani bildiradi. Albatta futbolda biror narsani oldindan bilib bo‘lmaydi, ammo agar «Barselona» o‘z so‘zida tursa, Koutino uchun yuborilgan taklifni qaytarib oladi, chunki «Liverpul» Filippeni sotishni istamayapti», — degan Sky Sports sharhlovchisi Gilem Balage.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid