Adliya vaziri Navoiy viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi

Navoiy viloyatida joriy yilning 18-19 avgust kunlari Respublika idoralari rahbarlari va mas'ul xodimlari tomonidan xalq bilan muloqot o‘tkazildi. Ularning dasturi “Adolatli jamiyat qurish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurash muammolari”ga qaratildi.
Xalq bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda Adliya vaziri R.Davletov, vazir o‘rinbosari A.Tashkulov, shuningdek, vazirlik boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari A.Muhammadiyev, N.Muhammadiyev, A.Madaminov va Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bahronovlar ishtirokida Zarafshon va Navoiy shaharlari, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida viloyatning barcha tuman (shahar)laridan aholi qatnashgan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda 650 dan ortiq aholi qatnashib, qatnashchilardan jami 185 ta yozma murojaat qabul qilindi va aksariyat fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qabul qilingan murojaatlarning 79 tasi ishga joylashish, 25 tasi uy-joy va yer ajratish, 22 tasi bank krediti, 13 tasi oila, 7 tasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlardan norozilik, 7 tasi pasport-viza masalasi, 6 tasi sog‘liqni saqlash, 6 tasi elektr va gaz ta'minoti, 5 tasi moliya, soliq, maishiy va mahalla (yo‘l qurilishi), 4 tasi moddiy yordam olish, 4 tasi ta'lim sohasi, 4 tasi tadbirkorlik faoliyati, 2 tasi qishloq xo‘jaligi va 1 tasi obekt qurish, ko‘chirish va rekonstruksiya masalalari bilan bog‘liq shikoyatlardan iborat bo‘ldi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida 13 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Jumladan, Navoiy shahrida yashovchi L.Xidirovaning nogiron farzandi Respublika nogironlarni reabilitatsiya qilish markaziga yo‘llanma bilan ta'minlandi, Navbahor tumanidagi 3 nafar pensionerning berilmasdan kelinayotgan nafaqa pullari to‘latib berildi, 4 fuqaroning ishga joylashtirilishi ta'minlandi. Qolgan barcha murojaatlar nazoratga olinib, ijroga qaratildi.
Uchrashuvlar jarayonida korrupsiya va unga olib keluvchi asosiy shart-sharoitlarni bartaraf etish, unga qarshi kurash va oldini olishga qaratilgan tushuntirishlar olib borilib, fuqarolar hamda tadbirkorlik sub'yektlaridan kelgusida amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan ko‘plab taklif va mulohazalar olindi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025